Orville Logo

Ishonch va sheriklik — hamkorlik asosi

Biz farmatsevtika sohasidagi ko‘p yillik tajribani doimiy innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirib, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan yechimlarni taklif etamiz. Uzoq muddatli hamkorlik mijozlarga ishonch va barqarorlikni ta’minlaydi, kompaniyaga esa bozorda mustahkam yetakchilik va barqaror o‘sishni kafolatlaydi.

Asosiy yoʻnalishlar

Marketing va savdo

Marketing va savdo

Natijaga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Mahsulotingiz bozorga muvaffaqiyatli taqdim etilib, maqsadli auditoriya jalb qilinadi hamda zamonaviy targ‘ibot vositalari orqali savdo hajmi oshiriladi.

Tarqatish

Tarqatish

Ombordan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oluvchi ishonchli va samarali yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir bosqichda o‘z vaqtida yetkazib berish, shaffoflik va nazorat kafolatlanadi.

Regulyator bo‘lim

Regulyator bo‘lim

Biz O‘zbekiston qonunchiligi talablariga to‘liq muvofiqlikni ta’minlaymiz hamda mahsulotingizni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib, bozorda muvaffaqiyatli joriy etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda hamroh bo‘lamiz. Mahalliy me’yorlarga tez moslashish va mamlakatda mustahkam o‘rin egallashga yordam beramiz.

Yondashuvimiz

Sifat nazorati

Biz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha ko‘p darajali tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, bu mutaxassislarimiz, menejment va rahbariyatimizning yuqori professionalligi bilan ta’minlanadi.

Tajribali menejerlar

Kompaniyaning menejment tarkibi xalqaro farmatsevtika kompaniyalarida umumiy 70 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan professional mutaxassislardan iborat. Ular xalqaro seminar va konferensiyalarda qatnashadi hamda ekspertlar bilan tajriba almashadilar.

Kuchli savdo jamoasi

Bizning tibbiy vakillarimiz — bu qat’iy mezonlar asosida (3×3 yondashuvi) tanlab olingan professional sotuvchilardir. Ularning samaradorligi zamonaviy nazorat, motivatsiya va rivojlanish texnologiyalari orqali ta’minlanadi.

Bizning missiyamiz

Bugungi kunda biz farmatsevtika bozorida ko‘p yo‘nalishli xizmatlar ko‘rsatadigan yirik kompaniyamiz. Bizning missiyamiz — sifatli va innovatsion davolashni ommaga yetkazishdir.

Ofis manzili

Fidokor ko'chasi 32, Toshkent, Oʻzbekiston