Orville
Mahsulotlar ro‘yxatiga qaytish
Bemkor 1Bemkor 2

Bemkor

Tarkibi: Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka tarkibida: Faol modda: bempedoy kislotasi — 180 mg. Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (102), laktoza monogidrati (mayda), natriy kraxmal glikolyati (A turi), gidroksipropilsellyuloza (HPC-L), kolloid kremniy dioksidi (200), magniy stearati, Opadry II 85G58977 oq, Orange Lake (E110), tozalangan suv.

Chiqarilish shakli: Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ko‘rsatmalar: Tavsiya etilgan statinlar bilan davolashni qabul qila olmaydigan (shu jumladan statin qabul qilmaydigan) quyidagi katta yoshli bemorlarda miokard infarkti va koronar revaskulyarizatsiya xavfini kamaytirish uchun: • yurak-qon tomir kasalligi (YQTK) mavjud bo‘lsa; • yurak-qon tomir hodisasi xavfi yuqori, lekin YQTK aniqlanmagan bo‘lsa. Birlamchi giperlipidemiyasi, shu jumladan geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan katta yoshli bemorlarda past zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini (PZLP-XS) miqdorini kamaytirish uchun parhezga qo‘shimcha ravishda PZLP-XS ni kamaytiruvchi boshqa davolash usullari bilan birga yoki bunday yondosh davolash imkoni bo‘lmaganda monoterapiya sifatida.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari: 180 mg bempedoy kislotasi tabletkalari ovqat qabul qilishdan qat’i nazar kuniga bir marta og‘iz orqali qabul qilinadi. Bemkor qabul qilish boshlanganidan keyin 8–12 hafta ichida lipidlar miqdorini tekshirish kerak.

Yon ta'sirlari: • Yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi. • Mushak spazmlari. • Giperurikemiya. • Bel og‘rig‘i. • Qorinda og‘riq yoki noqulaylik. • Bronxit. • Qo‘l-oyoqlarda og‘riq. • Anemiya. • Jigar fermentlari oshishi.

Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri: Simvastatin: bempedoy kislotasini 20 mg dan ortiq dozadagi simvastatin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlaning. Pravastatin: bempedoy kislotasini 40 mg dan ortiq dozadagi pravastatin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlaning.

Ogohlantirishlar: Qon zardobida siydik kislotasi miqdori oshishi qayd etilgan. Klinik ko‘rsatmalarga muvofiq siydik kislotasi miqdorini muntazam tekshiring. Giperurikemiya belgilari va simptomlarini nazorat qiling, zarur bo‘lsa, uratlar miqdorini kamaytiruvchi preparatlar bilan davolashni boshlang. Pay uzilishi mumkin. Pay uzilishining ilk belgilarida bempedoy kislotasini qabul qilishni to‘xtating. Anamnezida pay kasalliklari yoki pay uzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llashdan saqlaning. Pay uzilishi 60 yoshdan katta bemorlarda, kortikosteroidlar yoki ftorxinolonlar qabul qilayotganlarda, buyrak yetishmovchiligi va avvaldan pay kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatilishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash Homiladorlik tasdiqlansa, davolash foydasi homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatlardan tashqari, bempedoy kislotasi qabulini to‘xtatish kerak. Homilador ayollarda yirik tug‘ma nuqsonlar, homila tushishi yoki ona yoxud homila uchun noxush oqibatlar xavfini baholash imkonini beradigan ma’lumotlar yo‘q. Emizish davri: bempedoy kislotasining ona yoki hayvon sutida mavjudligi, emizikli bolaga yoki sut ishlab chiqarilishiga ta’siri haqida ma’lumot yo‘q. Davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi. Avtomobil boshqarish va mexanizmlardan foydalanish: preparatning ushbu qobiliyatlarga ta’sir qilgan holatlari ma’lum emas.

Yosh bo‘yicha cheklovlar: Faqat kattalar uchun.

Homiladorlik davrida qo‘llash: Homiladorlik tasdiqlangach, agar kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lmasa, preparatni qabul qilish to‘xtatiladi. Davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat: Bangladesh

Ishlab chiqaruvchi: Incepta Pharmaceuticals Ltd. Bosh ofis manzili: 40, Shahid Tajuddin Ahmed Sarani; Tejgaon I/A, Dhaka-1208; Bangladesh. O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari sifati yuzasidan e’tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot: «NEO-FARM» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri 100179, Olmazor tumani, Chimboy dahasi 5 A. Tel.: +998712292709.

Saqlash shartlari: 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsept bo‘yicha.