
400 mg kapsulalar
Tarkibi: 1 kapsula tarkibida: Faol modda: 100% moddaga qayta hisoblangan xolin alfosserati — 400 mg. Yordamchi moddalar: glitserol, tozalangan suv — kapsula ichidagisining massasi 590 mg bo‘lguncha. Kapsula tarkibi: jelatin, sorbitol, glitserol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi, sariq temir oksidi, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli: Kapsulalar.
Ko‘rsatmalar: • O‘choqli yarimshar simptomatikasi yoki miya ustuni zararlanishi simptomlari bilan kechadigan og‘ir bosh miya jarohati va ishemik insultning tiklanish davri, gemorragik insultning tiklanish davri. • Miyaning degenerativ va involyutsion o‘zgarishlari fonidagi psixoorganik sindrom. • Kognitiv buzilishlar (fikrlash, xotira buzilishi, ong chalkashishi, dezorientatsiya, motivatsiya, tashabbuskorlik va diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi), shu jumladan demensiya va ensefalopatiyada. • Keksalik psevdomelanxoliyasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: • Preparatga yuqori sezuvchanlik. • Gemorragik insultning o‘tkir bosqichi. • Homiladorlik. • Emizish davri. • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (ma’lumotlar yo‘qligi sababli).
Qo‘llash usuli va dozalari: Bosh miya jarohati, ishemik yoki gemorragik insultdan keyingi tiklanish davrida Tsereton® ertalab 800 mg va kunduzi 400 mg dan 6 oy davomida buyuriladi. Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik va demensiya sindromlarida Tsereton® 400 mg (1 kapsula) dan sutkada 3 marta, afzal ravishda ovqatdan keyin, 3–6 oy davomida buyuriladi.
Yon ta'sirlari: Ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin (asosan dopaminergik faollashuv oqibatida). Preparatni bekor qilish talab etilmaydi, dozani vaqtincha kamaytirish yetarli. Allergik reaksiyalar.
Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri: Boshqa preparatlar bilan ahamiyatli o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.
Ogohlantirishlar: Tsereton® psixomotor reaksiyalar tezligiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Yosh bo‘yicha cheklovlar: 18 yoshdan boshlab
Homiladorlik davrida qo‘llash: Homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Rossiya
Ishlab chiqaruvchi: «Artlayf» MChJ, 634034, Tomsk shahri, Naximov ko‘chasi, 8/2 — «FarmFirma Soteks» YoAJ, 141345, Rossiya, Moskva viloyati, Sergiyev-Posad munitsipal tumani, Bereznyakovskoye qishloq aholi punkti, Belikovo posyolkasi, 11-uy. Tel./faks: (495) 956-29-30. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi / iste’molchilar e’tirozlarini qabul qilish manzili: «FarmFirma Soteks» YoAJ, yuqorida keltirilgan Belikovo manzili. Tel./faks: (495) 956-29-30.
Saqlash shartlari: Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi: Retsept bo‘yicha.
Neyroreabilitatsiya, 2020
Mualliflar: V.N. Shishkova, N.G. Malyukova, R.B. Tokareva
O‘qishUmumiy tibbiyotdagi ruhiy buzilishlar, 2010
Mualliflar: A.V. Shuxova
O‘qishS.S. Korsakov nomidagi Nevrologiya va psixiatriya jurnali, 2010
Mualliflar: Ye.G. Mendelevich
O‘qish