Orville
Mahsulotlar ro‘yxatiga qaytish
Pantogam 1Pantogam 2

Pantogam

Tarkibi: Bir tabletka tarkibida: faol modda: kalsiy gopantenati (Pantogam®) 500 mg. Yordamchi moddalar: metilsellyuloza 1,6 mg, kalsiy stearati 6,2 mg, magniy gidroksikarbonati 93,6 mg, talk 18,6 mg.

Chiqarilish shakli: Tabletkalar

Ko‘rsatmalar: • Bosh miyaning organik zararlanishlari, shu jumladan neyroinfeksiya va bosh miya jarohatlari oqibatlari hamda nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar. • Serebral organik yetishmovchilik bilan kechadigan shizofreniya. • Miya tomirlaridagi aterosklerotik o‘zgarishlar tufayli serebrovaskulyar yetishmovchilik. • Ekstrapiramidal buzilishlar (mioklonus-epilepsiya, Xantington xoreyasi, gepatolentikulyar degeneratsiya, Parkinson kasalligi va boshqalar); neyroleptiklar chaqirgan ekstrapiramidal sindromni (giperkinetik va akinetik) davolash va oldini olish. • Ruhiy jarayonlar sekinlashgan epilepsiya, tirishishga qarshi vositalar bilan majmuaviy davoda. • Psixoemotsional zo‘riqish, aqliy va jismoniy ish qobiliyati pasayishi, diqqatni jamlash va xotirani yaxshilash uchun. • Siyishning neyrogen buzilishlari (pollakiuriya, imperativ qistashlar, imperativ siydik tutolmaslik, enurez). • Rivojlanishi kechikkan bolalar (ruhiy, nutq, motor yoki birgalikdagi), shu jumladan perinatal ensefalopatiyadan keyin. • Bolalar serebral falajining turli shakllari. • Bolalardagi giperkinetik buzilishlar, shu jumladan diqqat tanqisligi bilan giperfaollik sindromi. • Bolalardagi nevrozga o‘xshash holatlar (tiklar, asosan klonik shakldagi duduqlanish). 3 yoshdan katta bolalarda qo‘llanadi. Kichikroq yoshda sirop shakli tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Yuqori sezuvchanlik, buyraklarning o‘tkir og‘ir kasalliklari, homiladorlik, emizish.

Qo‘llash usuli va dozalari: Og‘iz orqali, ovqatdan 15–30 daqiqa keyin. Odatdagi bir martalik doza kattalarga 0,25–1 g, bolalarga 0,25–0,5 g; sutkalik doza kattalarga 1,5–3 g, bolalarga 0,75–3 g. Kurs 1–4 oy, ayrim hollarda 6 oygacha. 3–6 oydan keyin takroriy kurs mumkin. Epilepsiyada tirishishga qarshi vositalar bilan: sutkada 0,75–1 g, 1 yilgacha va undan ko‘p. Ekstrapiramidal neyroleptik sindromda o‘tkazilayotgan davolash bilan: bir necha oy davomida sutkada 3 g gacha. Nerv tizimining irsiy kasalliklaridagi ekstrapiramidal giperkinezlarda yondosh davolash bilan: sutkada 0,5–3 g, 4 oygacha va undan ko‘p. Neyroinfeksiya va bosh miya jarohati oqibatlarida: sutkada 3–4 marta 0,25 g. Psixoemotsional zo‘riqish, ish qobiliyati pasayishi, diqqat va xotirani yaxshilash, astenik holatlarda: sutkada 3 marta 0,25 g. Neyroleptiklar chaqirgan ekstrapiramidal sindromni davolash va oldini olishda: kattalarga kuniga 3 marta 0,5–1 g; bolalarga kuniga 3–4 marta 0,25–0,5 g, 1–3 oy. Bolalarda tiklar: kuniga 3–6 marta 0,25–0,5 g, 1–4 oy. Siyish buzilishlarida: kattalarga sutkada 2–3 marta 0,5–1 g; bolalarga 0,25–0,5 g (sutkalik doza 25–50 mg/kg), 1–3 oy. Nerv tizimining turli patologiyalari bo‘lgan bolalarga yoshiga qarab 1–3 g. Doza 7–12 kun oshiriladi, maksimal doza 15–40 kun qabul qilinadi va 7–8 kunda asta-sekin kamaytirilib to‘xtatiladi. Kurslar orasidagi tanaffus 1–3 oy. Uzoq davolashda boshqa nootrop va stimullovchi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ertalab va kunduzi qabul qilish afzal.

Ogohlantirishlar: Faqat shifokor tavsiyasi bilan qo‘llaniladi. Boshqa nootrop va stimulyatorlar bilan birga tavsiya etilmaydi.

Yosh bo‘yicha cheklovlar: 3 yoshdan katta bolalarda qo‘llanadi. Kichikroq yoshda sirop shakli tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida qo‘llash: Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas

Ishlab chiqarilgan mamlakat: Rossiya

Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “PIK-FARMA”

Saqlash shartlari: 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar qo‘li etmaydigan joyda saqlang.

Klinik tadqiqotlar:

Bolalarda rivojlanish disfaziya kasalligini nootrop preparatlar bilan davolash

FARMATEKA, 2013

Mualliflar: N.N. Zavadenko, E.V. Kozlova

O‘qish

Bolalarda diskalkuliya klinik va psixofiziologik namoyonlari

S.S. Korsakov nomidagi Nevrologiya va Psixiatriya Jurnali, 2022

Mualliflar: L.S. Chutko, S.Yu. Surushkina, E.A. Yakovenko

O‘qish

Bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperkativlik sindromi: gopanten kislotasi bilan farmakoterapiya samaradorligi

S.S. Korsakov nomidagi Nevrologiya va Psixiatriya Jurnali, 2018

Mualliflar: N.N. Zavadenko, N.Yu. Suvorinova, A.N. Zavadenko

O‘qish

Bolalar va o‘smirlarda diqqat etishmovchiligi va giperkativlik sindromi: zamonaviy davolash imkoniyatlari

Consilium Medicum, 2018

Mualliflar: N.N. Zavadenko, N.Yu. Suvorinova, A.N. Zavadenko

O‘qish

Qayerdan sotib olish mumkin: