

Tarkibi: 1 sashe tarkibida: glyukozamin sulfati 1500 mg, xondroitin sulfati 1200 mg, denaturatsiyalanmagan II tipdagi kollagen 40 mg. Yordamchi moddalar 6000 mg gacha (1 porsiya massasi): palatinoza (tashuvchi), limon kislotasi E330 (kislotalilik regulyatori), apelsin yoki qulupnay yoki olma oziq-ovqat aromatizatori, kremniy dioksidi E551 (yopishib qolishga qarshi vosita), sukraloza E955 (shirinlashtiruvchi).
Chiqarilish shakli: Apelsin, qulupnay yoki olma ta’mli, 6,0 g sashe (1 porsiya). Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi.
Ko‘rsatmalar: Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi, glyukozamin va xondroitin sulfati manbai sifatida tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Komponentlarga individual sezuvchanlik, homiladorlik, emizish.
Qo‘llash usuli va dozalari: Kattalarga kuniga 1 marta ovqat bilan. 1 sasheni 100–150 ml iliq suvda (t=40°) eriting, yaxshilab aralashtiring va yangi tayyorlangan ichimlikni qabul qiling. Qabul qilish muddati kamida 2 oy.
Yon ta'sirlari: Kam hollarda yengil allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Bunday holatda — qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri: Aniqlanmagan. NPVS yoki boshqa bo‘g‘im dorilari bilan birga qabul qilinayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ogohlantirishlar: Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Yosh bo‘yicha cheklovlar: 18 yoshdan boshlab
Homiladorlik davrida qo‘llash: Homiladorlik va emizish davrida tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Rossiya
Ishlab chiqaruvchi: «Artlayf» MChJ, 634034, Rossiya Federatsiyasi, Tomsk viloyati, Tomsk shahri, Naximov ko‘chasi 8/2.
Saqlash shartlari: Bolalar ololmaydigan joyda, +25°C dan oshmaydigan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Nevrologiya, neyropsixiatriya, psixosomatika, 2023
Mualliflar: Shavlovskaya O.A., Yuxnovskaya Yu.D., Romanov I.D., Bokova I.A.
O‘qish