Orville
Mahsulotlar ro‘yxatiga qaytish
Stresam 1

Stresam

Tarkibi: Bir kapsula tarkibida: Faol modda: etifoksin gidroxloridi 50 mg. Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, tozalangan talk, mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Kapsula tarkibi: indigokarmin (E132), titan dioksidi (E171), jelatin, tozalangan suv. Qopqoqchasi: titan dioksidi (E171), tozalangan suv, jelatin.

Chiqarilish shakli: 50 mg kapsulalar.

Ko‘rsatmalar: • Xavotir, qo‘rquv va bezovtalik bilan kechadigan, stress buzilishlari bilan bog‘liq nevrastenik holatlar. • Xavotirli-fobik buzilishlar. • O‘rtacha ifodalangan qo‘rquv, apatiya va faollik pasayishi bilan kechadigan vegetativ buzilishlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. • Shok holati. • Miasteniya. • Jigar va buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari. • Homiladorlik va emizish davri. • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. • Etanolni bir vaqtda qabul qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari: Doza va davolash kursi davomiyligini shifokor kasallik og‘irligiga qarab individual belgilaydi. Kattalarga ovqatdan oldin 1 kapsuladan sutkada 2–3 marta buyuriladi. Davolash kursining maksimal davomiyligi 6 hafta.

Yon ta'sirlari: Ba’zida: yengil uyquchanlik. Kam hollarda: terida toshma, Kvinke shishi. Juda kam hollarda: eshakemi, angiodermatit.

Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri: Strezam® markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi vositalar (neyroleptiklar, trankvilizatorlar, antidepressantlar, antigistaminlar, barbituratlar, analgetiklar, sedativlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning ta’sirini kuchaytiradi. Etanol ta’sirini kuchaytiradi.

Ogohlantirishlar: Preparat tarkibida laktoza borligi sababli tug‘ma galaktozemiya, glyukoza va galaktoza malabsorbsiya sindromi yoki laktoza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi. Strezam® bilan davolanishda alkogol va markaziy ta’sirga ega boshqa moddalar (galoperidol, diazepam, imipramin va boshqalar)ni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Strezam® bilan davolash to‘xtatilganda bekor qilish sindromi yuzaga kelmaydi. Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishga ta’siri: davolash vaqtida avtotransport va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.

Yosh bo‘yicha cheklovlar: 18 yoshdan

Homiladorlik davrida qo‘llash: Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ishlab chiqarilgan mamlakat: Fransiya

Ishlab chiqaruvchi: Biocodex, 7 Avenue Gallieni, 94250 Gentilly, Fransiya FRA 250

Saqlash shartlari: Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati: 3 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsept bo‘yicha.

Klinik tadqiqotlar:

Dermatologik amaliyotda xavotirli buzilishlarda anksiolitiklar

Ruhiy salomatlik ilmiy markazi, 2013

Mualliflar: D.V. Romanov

O‘qish

Klinik amaliyotda Stresam: adabiyotlar sharhi

Ruhiy salomatlik ilmiy markazi, 2012

Mualliflar: D.F. Pushkarev

O‘qish

Etifoksin (Stresam) zamonaviy xavotir buzilishlari terapiyasida

MHRC RAMS, Moskva, 2010

Mualliflar: D.V. Romanov

O‘qish

Moslashuv buzilishlarining xavotir varianti: diagnostika va farmakoterapiya

Moskva psixiatriya ilmiy instituti, 2009

Mualliflar: D.Yu. Vel’tishchev

O‘qish

Qayerdan sotib olish mumkin: